Sariq tuzoq-idishlar raps zararkunandalari paydo bo‘lish vaqtini aniqlash, hasharotlar sonini kuzatish hamda ularning faollik darajasi va cho‘qqisini nazorat qilish uchun ajralmas hisoblanadi. Tuzoqlar tuproq harorati 5° C bo‘lganda, ya’ni taxminan fevral oyining boshida/o‘rtasida o‘rnatiladi. Idish o‘simliklar balandligida sterjenga kiygizib qo‘yiladi. Idish ichki yuzasining konussimon shakli tufayli sterjen qisilib qoladi va shu tariqa idishni ma’lum balandlikda ushlab turadi. Zararkunandalar idishning sariq rangiga jalb etiladi; idishga ttiniq fiksatsiyalovchi suyuqlik – sirt tarangligini kamaytiruvchi suyuqlikdan (masalan, idish yuvish vositasidan) bir necha tomchi qo‘shilgan suv quyiladi, shunda tutilgan zararkunandalar chiqib keta olmaydi. Erta bahorda idishdagi suyuqlik muzlab qolishi mumkin bo‘lsa, idishlarni avtomobil old oynasini yuvish uchun qishki suyuqlik bilan to‘ldirish mumkin. Tuzoq-idishning afzalligi — ekin o‘sishiga qarab idish balandligini o‘zgartirish imkoniyati. Shu tariqa quyidagi zararkunandalar tutilishi mumkin: raps bargxo‘ri (rapsovaya blishka), raps poyali yashirinburun qo‘ng‘izi (katta), kitob-qo‘ng‘iz turkumiga mansub sarsabil yashirinburun qo‘ng‘izi, raps yaltiroq qo‘ng‘izi, raps urug‘xo‘r yashirinburun qo‘ng‘izi. Nazoratni quyoshli, o‘rtacha iliq kunlarda, har kuni tushdan keyin o‘tkazish tavsiya etiladi. Zararkunandalarning birinchi koloniyalari aniqlanganda ularga qarshi kurashish uchun taxminan 10 kun bor, chunki qo‘ng‘izlar hozircha qo‘shimcha oziqlanadi va hali tuxum qo‘ymaydi. Idish materiali – plastik O‘lchamlari: - yuqori diametri – 225 mm - pastki diametri – 195 mm - ichki teshik diametri – 21 mm